TravelAsk nashri Airbnb, Lonely Planet kabi sayohat bo‘yicha taniqli ekspertlar, shuningdek, mustaqil blogerlar va sayohatchilarning fikriga asoslanib 2018-yilda tashrif buyurish lozim bo‘lgan maskanlarning suratlarini to‘plab taqdim etdi.
Butanning eng baland qishlog‘i — Layaga borish va u yerda bo‘lib o‘tadigan Royal Highland festivalida ishtirok etish
Vinyalesdagi klassik avtomobillarni tomosha qilish, Kuba
Alenteju qirg‘oqlarida to‘lqinlar bilan sayr, Portugaliya
2017-yildagi to‘fonlar oqibatida vayron bo‘lgan Karib orollariga tashrif buyurib, ularni qo‘llab-quvvatlash
Yuta shtatidagi Antilopa kanyonining tubiga tushish, AQSh
Tinchlikni Tokiodan axtarmoq
Qalinroq kiyinib olib, Islandiyaga shimol yog‘dusini tomosha qilgani otlanish
Sloveniyadagi Bled ko‘lida qayiqda sayr qilish
Luiziana shtatining Uitni plantatsiyasida qullar tarixi bilan tanishish, AQSh
Norvegiyaning Troll-fordiga sayohat qilish
Tunisda o‘zingizni yerdagi yagona sayyohdek his qiling
Gyudlfoss sharsharalaridan bahra oling, Islandiya
Shveysariya tog‘laridan zavqlangani otlaning
Izoh (0)