Rossiya prezidenti saylovida qatnashishi haqida e’lon qilgan teleboshlovchi Kseniya Sobchak 2018-yilgi saylovlardan keyin siyosiy partiya tuzmoqchi. Bu haqda u “Dojd” telekanaliga ma’lum qildi.
“Men ‘barchaga qarshi’ degan satr bilan ma’lum bir natijani ko‘rsatib, so‘ng katta harakatni, keyinchalik Duma saylovlarida qatnasha oladigan partiyani shakllantirishi mumkin bo‘lgan odam rolini o‘ynamoqdaman. Bu shunday harakatki, u Rossiyada ancha vaqtlardan buyon bo‘lmagan”, — deya aniqlik kiritdi u.
Uning qo‘shimcha qilishicha, u saylovlarda o‘zi ega bo‘ladigan maslakdoshlari ko‘magida o‘z siyosiy dasturini katta siyosiy blokning tayanch nuqtasiga aylantira olishini qo‘shib qo‘ydi.
Izoh (0)