Kolumbiyaning Palmira shahrida og‘ir atletika bo‘yicha 2016-yilgi Rio-de-Janeyro olimpiadasi ishtirokchisi Edvin Moskera otib o‘ldirildi. Bu haqda “TASS” xabar berdi.
Kolumbiya OAVlarining ma’lumotlariga ko‘ra, tungi klublardan birida 2-dekabrda yuz bergan hodisada 32 yoshli sportchi otib tashlangan.
Shahar rasmiylari qotilni qo‘lga tushirishda yordam bergan kishiga 3,5 ming dollar miqdorida mukofot va’da qilgan.
Moskera 2007-yilda Panamerika o‘yinlarida kumush medalini qo‘lga kiritgan. 2016-yilgi Rio-de-Janeyro olimpiadasida 69 kilogramm vazn toifasida 15-o‘rinni egallagan.
Izoh (0)