2017-yil 28-noyabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5257-son farmoniga muvofiq Akmalov Qahramon Valiyevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Ta’lim, sog‘liqni saqlash, ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sport masalalari kompleksining rahbari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezidentning rasmiy veb-sayti xabar bermoqda.
Shu munosabat bilan Qahramon Akmalov O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.
Izoh (0)