Turkiya hukumati 27-noyabr, dushanba kunini Sinay masjididagi terakt qurbonlari uchun motam kuni deb e’lon qildi. Bu haqda Anadolu agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Kazinform”.
Agentlikning ma’lum qilishicha, Turkiyaning o‘zi va uning chet eldagi diplomatik vakolatxonalari binolaridagi davlat bayroqlari kun davomida tushirib qo‘yiladi.
24-noyabr, juma kuni Sinay shimolida Bir al-Obod aholi punktidagi masjidda terakt amalga oshirildi. Jangarilar dastlab bino ichkarisida portlash uyushtirib, so‘ngra masjidni tark etishga uringan odamlarga qarata tartibsiz o‘q uzgan. Terakt oqibatida 300 dan ortiq kishi halok bo‘ldi, yana yuzdan ortig‘i jarohat olgan. Mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilingan.
Izoh (0)