O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 22-iyun kuni Farg‘onada bo‘lib o‘tgan faollar yig‘ilishidagi chiqishi chog‘ida viloyatdagi ishsizlar soniga doir statistik ma’lumotlarni shubha ostiga olgan.
Yig‘ilishning avval e’lon qilinmagan videoparchasi 27-noyabr kuni internetda paydo bo‘ldi — Prezidentning viloyatdagi ishsizlar soniga doir fikrlari ham aynan shu videoparchadan o‘rin olgan.
Prezident ishsizlar soniga to‘xtalarkan, bu ishsizlar orasida salohiyatli tadbirkorlar bo‘lishi mumkinligi, ularni imkoniyatlar bilan tanishtirib, zarur shart-sharoitlarni yaratib berish zarurligiga e’tiborni qaratgan.Ayni vaqtda, Shavkat Mirziyoyev mas’ullarni “hech bo‘lmasa statistik ma’lumotlarni joy-joyiga qo‘yishga” chaqirgan.
Izoh (0)