AQShning Nyu-Jersi shtatida o‘zini Charli K. deb tanishtirgan sirli “santa” Toys R Us o‘yinchoqlar do‘konida buyurtma qilib qo‘yilgan, ammo sotib olinmagan o‘yinchoqlar uchun 10 780 dollar to‘ladi, deb yozadi Forum Daily.
“Men o‘z vaqtida menga va oilamga yordam bergan odamlarni xursand qilmoqchi bo‘ldim”, — dedi u NBC telekanaliga bergan intervyusida.
Bundan tashqari, u do‘kondagi barcha odamlardan uchtadan o‘yinchoq tanlashni so‘radi va ularni farzandlariga bayram sovg‘asi sotib olishga qurbi yetmagan oilalarga yordam beruvchi Toys fot Tots tashkilotiga xayriya qildi. Bu o‘yinchoqlar uchun u 2000 dollar sarfladi.
U bu ishlarni “bolalarning Yangi yil orzulari”ni amalga oshirish maqsadida qilayotganini aytdi.
Izoh (0)