Zimbabvening sobiq prezidenti, 93 yoshli Robert Mugabe qishloqda yangi hayot boshlab, fermerlik bilan shug‘ullanmoqchi. Bu haqda uning jiyani Leo Mugabe AFP’ga ma’lum qildi, deb xabar beradi “RIA Novosti”.
“U yaxshi. U bilan ko‘rishdim, u ancha hayotdan xursand. U yangi hayotni sabrsizlik bilan kutmoqda, qishloqdagi uyda yashab, dehqonchilik bilan shug‘ullanmoqchi”, — dedi Leo Mugabe.
Uning so‘zlariga qaraganda, sobiq prezidentning rafiqasi Greys Mugabe u bilan birga. U Robert Mugabe nomidagi universitet qurilishi ustidagi ishlarni davom ettirish niyatida.
Muqaddam Mugabe o‘z ixtiyoriga ko‘ra prezidentlikdan ketgani uchun 10 million dollar miqdorida tovon puli olishi ma’lum bo‘lgan edi.
Izoh (0)