Fotogalereya: Yil bo‘yi ochiq havo hukm suradigan joylar
Yer sayyorasida ko‘plab hayratlanarli joylar mavjud. Bunday joylar orasida yil bo‘yi quyoshli ob-havo hukm suradiganlari ham bor. TravelAsk ana shunday joylardan iborat fotojamlanmani taqdim etdi.
San-Diego, AQSh
Foto: TravelAskQirg‘oqbo‘yida joylashgan shaharda bir yilda 300 kun quyosh hukmronlik qiladi. Yozda havo harorati o‘rtacha 27 darajani, qishda esa 18 darajani tashkil qiladi.
Santa-Barbara, AQSh
Foto: TravelAskQadimiy hisoblangan shaharga alohida e’tibor qaratilgan. Qishda salqin bo‘ladi.
Kanar orollari, Ispaniya
Foto: TravelAskIspaniyaga tegishli orollar tarmog‘i Afrika bilan chegaradosh hisoblanadi. Tog‘li hudud hisoblangan orollarda ob-havo yil bo‘yi ajoyib bo‘ladi.
Malaga, Ispaniya
Foto: TravelAskPablo Pikassoning vatani hisoblangan Malaga shahri uzoq tarixga ega. Qishda quyosh kamroq ko‘rinsa ham, to‘lin oyli kechalar go‘zal bo‘ladi.
San-Paulu, Braziliya
Foto: TravelAskBraziliyaning dengiz bo‘yida joylashgan eng yirik shahrining iqlimi yumshoq, to‘fonlar juda kam bo‘ladi. Mamlakatdagi boshqa shaharlardan farqli ravishda, bu yerda yoz juda issiq bo‘lmaydi. Qishda harorat 20 darajadan pasaymaydi.
Izoh (0)