Davlat soliq qo‘mitasi soliq xizmati organlarida turli lavozimlarga ishga taklif qilmoqda. Bu haqda qo‘mita saytida ma’lum qilingan.
Soliq organlari xizmatiga yoshi, millati, jinsi, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy va mansab mavqeidan qat’i nazar, kasb, ishchanlik, shaxsiy va axloqiy sifatlari, ma’lumoti va salomatligiga ko‘ra davlat soliq organlariga yuklangan vazifalarning bajarilishini ta’minlashga qodir O‘zbekiston fuqarolari qabul qilinadi.
Davlat soliq organlaridagi vakant lavozimlar ro‘yxati qo‘mita saytida ilova qilingan.
Izoh (0)