Rossiyalik xonanda Alla Pugachyova nega Maksim Galkin bilan nikohdan o‘tganini tushuntirib berdi. U cherkov oldida jurnalistlar oldiga grimsiz chiqdi va suhbat uyushtirdi, deb xabar beradi Storyx.
“Men bolalarim uchun, birinchi marta nikohdan o‘tgan erim uchun shunday qilishga qaror berdim! Umuman olganda, nikohlar osmonda amalga oshiriladi!” — dedi estrada yulduzi.
Muqaddam 68 yoshli Alla Pugachyova 41 yoshli Maksim Galkin bilan cherkovda diniy nikohdan o‘tdi. Bunga qadar ular olti yil davomida rasmiy nikohda yashab kelgan edi.
Muxlislar 68 yoshli xonanda og‘ir xastaligi tufayli o‘limi oldidan nikohdan o‘tganini taxmin qilgan edi. Ammo Pugachyova bu gaplarni tasdiqlamadi. U mazkur marosim farzandlari va eri uchun ekanligini ta’kidlash bilan cheklandi.
Izoh (0)