Fransiyada 25-noyabr, shanbaga o‘tar kechasi Misrdagi terakt qurbonlari xotirasiga Eyfel minorasi chiroqlari o‘chirildi. Bu haqda Parij meri Ann Idalgo ma’lum qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
“Qurbonlar oilasiga hamdardlik, jabrlanganlarga qo‘llab-quvvatlashimni bildiraman. Eyfel minorasi chiroqlari Misrdagi qurbonlar xotirasiga motam ramzi sifatida o‘chiriladi”, — deya yozuv qoldirdi Idalgo Twitter’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, Sinay yarim orolining Al-Arish shahri yaqinidagi ar-Rouda masjidiga juma namozi chog‘ida uyushtirilgan hujum oqibatida 235 kishi halok bo‘ldi, 130 kishi yaralandi.
Izoh (0)