• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ekspertlar: “O‘zbekistonda iqtisodiy mo‘jiza ro‘y beradimi?”

    Birinchi Global tadbirkorlik haftaligi doirasida “O‘zbekistonda iqtisodiy mo‘jiza ro‘y beradimi?” mavzusiga bag‘ishlangan sessiya o‘tkazildi. Mavzuni Yuliy Yusupov, Behzod Hoshimov va Nishonboy Sirojiddinov muhokama qildi, deb yozadi “Kommersant.uz”.

    Foto: “Kommersant.uz”

    Foto: “Kommersant.uz”

    Iqtisodiy taraqqiyotga ko‘maklashish markazi direktori Yuliy Yusupov O‘zbekiston iqtisodiyoti imkoniyatlari va rivojlanishdagi to‘sqinliklar haqida so‘zladi:

    – Iqtisodiy mo‘jiza mamlakat yetarlicha qisqa muddatlarda salmoqli natijalarga erishganda ro‘y beradi. Tarixda iqtisodiy mo‘jizalarga misollar ko‘p: XVII asrdagi Gollandiya, XIX asr birinchi yarmidagi Angliya, XIX asr ikkinchi yarmidagi AQShni namuna o‘rnida keltirish mumkin.

    XX asr ikkinchi yarmidagi eng yorqin namunalar — Yaponiya, Janubiy Koreya va Xitoy. Ushbu mamlakatlar tajribalari O‘zbekiston uchun ayniqsa dolzarblik kasb etadi, chunki bu nisbatan yaqinda ro‘y bergan, qolaversa, ko‘p sharoitlarda o‘xshashlik mavjud.

    Ushbu mamlakatlar misolidagi iqtisodiy mo‘jiza — aholi jon boshiga milliy YaIMning dunyo ko‘rsatkichiga nisbati. Chunonchi, Yaponiyada 1960-yilda YaIM o‘rtacha jahon ko‘rsatkichiga teng bo‘lgan, 1978-yilda esa 4,5 barobarga yuqorilagan.

    “Osiyo yo‘lbarslari” haqida so‘zlaganda, iqtisodiy mo‘jizaning umumiy xususiyatlarini sanab o‘tish o‘rinli. Birinchidan, bu milliy valyuta kursining pasaytirilishi evaziga eksportga yo‘nalganlik modelidir. Ushbu modelning afzalligi korxonalarning dunyo bozoriga chiqishi osonlashuvida va tor sohaga ixtisoslashuv va “ko‘lamda tejash” afzalliklaridan foydalanish imkoniyatlari yuzaga kelishida ko‘rinadi.

    Ikkinchi xususiyat — yalpi investitsiyalash va yangi texnologiyalarni joriy etish. Bunga soliqlar va ma’muriy to‘siqlarning ozligi orqali erishildi. Xalqaro bozordagi qattiq raqobat ham qo‘l keladi — u zamonaviy texnologiyalarni joriy etishga majbur qiladi. Uchinchi omil — omonatlar qo‘yish, investitsiyalash va xorijiy kapitalni jalb qilishni rag‘batlantiruvchi barqaror moliyaviy tizim.

    Iqtisodiyotning o‘zbek modeli 1996-yilda shakllana boshladi. U davlatning iqtisodiy jarayonlarga faol aralashish, bozor, xususiy sektor va bank tizimini, narxlarni ma’muriy boshqarish, foiz stavkalari orqali nazorat qilish va giperfaol investitsiya siyosatini yuritish bilan xarakterlandi va strategik tarmoqlarga keng ko‘lamli investitsiyalar kiritishni rag‘batlantirishni nazarda tutdi. Bu — ko‘pchilik mamlakatlar qo‘llagan import o‘rnini bosish modeli. O‘zbekistonning asosiy muammosi — milliy valyuta kursining sun’iy yuqoriligi, biznes yuritishdagi to‘siqlar, og‘ir soliq yuki (Osiyo mamlakatlaridagiga qaraganda 1,5—2 barobar yuqori) kabilardir.

    Eksportga yo‘naltirilgan iqtisodiyotda raqobat katta rol o‘ynaydi. Bizda esa monopoliya yuqori darajada, o‘yin qoidalari barobar emas. Shuningdek, bank tizimining juda past darajada tijoratlashgani (banklar o‘zlarining asosiy funksiyalarini bajarmaydi) va chet el kapitali juda kam jalb etilgani kuzatiladi.

    2008-yildan O‘zbekistonda 8 foizli iqtisodiy o‘sish kuzatiladi, holbuki uning voqelikka mutlaqo aloqasi yo‘q. Agar shunday iqtisodiy o‘sishga ega bo‘lganimizda, allaqachon buni barchamiz his etgan bo‘lardik. Chunki bu nihoyatda katta o‘sish ko‘rsatkichidir. Farovonlikning real o‘sishi aholi jon boshiga to‘g‘ri keladigan YaMMda ko‘rinadi. Afsuski, bizda bu ko‘rsatkich boshqa mamlakatlardagiga qaraganda past.

    Import o‘rnini bosish modeli doirasida “iqtisodiy o‘sish” uchun tariqcha ham asos ko‘rinmaydi. Asosiy tushunchalarni, taraqqiyot modelini o‘zgartirish — bozor mexanizmlari amal qilishi uchun zarur bo‘lgan asosiy iqtisodiy va siyosiy islohotlarni hamda investitsiyaviy taraqqiyot uchun muhim bo‘lgan chuqur islohotlarni o‘tkazish lozim.

    Asosiy islohotlar doirasida tashqi iqtisodiy faoliyat liberallashuvi, bank tizimi va pul muomalasi islohotlari, biznes yuritishdagi ma’muriy to‘siqlarni qisqartirish va individual imtiyozlardan voz kechish, soliq va pensiya islohotlari, xususiylashtirish, agrar va ma’muriy islohotlar o‘tkazish zarur. Chuqur islohotlar xususiy mulk huquqini mustahkamlash, raqobatni va moliyaviy bozorlarni rivojlantirish, davlatning iqtisodiyotdagi rolini o‘zgartirishga yo‘naltirilgan bo‘lishi kerak.

    Muvaffaqiyat uchun qanday asoslarga egamiz? Bular — bizdagi inson kapitali, tabiiy resurslar, qulay geografik joylashuv, malaka, jamlangan omonatlar, og‘ir sharoitlarni yengib o‘tish tajribasi kabilardir. Muvaffaqiyatsizlikka uchrash omillari — bu ildiz otib ketgan, o‘zgarishni istamayotgan salbiy institutlardir. Islohotlar qanchalik keyinga surilsa, shunchalik yomon. Ikkinchisi — ustama olishni ko‘zlagan tor ijtimoiy guruhlarning qarshiligi. Shuningdek, ta’limning nisbatan past darajada ekanligi, to‘planib qolgan imtiyozlar va yo‘qotilgan vaqt ham xalaqit berishi mumkin.

    Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universiteti professori Nishonboy Sirojiddinov davlat muassasalari bilan muloqotda biznesmenlar o‘z manfaatlarini himoya qilishi va ilgari surishi kerak, deb hisoblaydi:

    – Iqtisodiy mo‘jizaga erishgan barcha mamlakatlarda asosiy e’tibor eksportga yo‘naltirilgan taraqqiyotga, investitsiyalar va ta’limga berilgan. Ta’lim tizimini isloh qilmay turib, industrializatsiyaga va innovatsiyaviy iqtisodiyotga erishib bo‘lmaydi. Agar har birimiz barcha jarayonlarni isloh qilishga o‘z ulushimizni qo‘shsak, xatarlarni kamaytirib, muvaffaqiyatga bo‘lgan imkoniyatimizni oshirishga erishamiz.

    O‘zbek iqtisodiy mo‘jizasiga asos bo‘luvchi iqtisodiy jarayonlardagi islohotlar muhokamasi tadbirkorlar oldida turgan muammoli masalalarni yuzaga chiqardi. Tadbirkorlarimizni qiynayotgan asosiy masalalar – og‘ir soliq yuki, korrupsiyaviy imtiyozlar, monopolistlarning soliqlardan ozod qilinishi va boshqalardir. 2005—2008-yillarda bu sohalarda islohotlar amalga oshirilgandi, lekin ular samara bermadi. Bir qadam oldinga tashlandi-yu, ikki qadam orqaga ketildi. Hozirda yangi qarorlar tayyorlanayapti, ularda amaliyotchi-tadbirkorlar fikrlari hisobga olinadi.

    24.11.2017, 20:22   Izoh (0)   38596
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Misr masjididagi qonli terakt, harakati Prezident siyosatiga qarshi hokimlar, “Timsoh”ning qasamyodi va kunning va boshqa muhim xabarlari

    24.11.2017, 19:02

    Namangan shoshilinch tibbiy xizmatiga 10 ta Hyundai reanimobili topshirildi

    24.11.2017, 18:37

    Foto: Namanganda yirik yong‘in yuz berdi. Bir kishi halok bo‘lgan

    24.11.2017, 18:04

    Shavkat Mirziyoyev Seulda BMT sobiq bosh kotibi Pan Gi Munni qabul qildi

    24.11.2017, 17:55

    “Gadoning dushmani gado”: Ta’lim muassasalari rahbarlariga hurmatsizlik qilgan har ikki hokim ta’lim sohasidan chiqqan

    24.11.2017, 17:34

    Toshkentdagi masjidda fuqarolarni “Hizb ut-Tahrir” a’zoligiga chorlagan ayol qo‘lga olindi

    24.11.2017, 17:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    riitm aqlli platformasi O‘zbekiston tinglovchilariga 30 million trek taklif etmoqda


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    AQSH Senati komiteti Ukrainaga 500 mln dollar yordam ko‘rsatishni ma’qulladi

    Dunyo | 12 iyul, 11:05

    Pavel Durov o‘z muvaffaqiyatining sirini ochdi

    Layfstayl | 12 iyul, 10:45

    “Barselona” asosiy e’tiborini Reshford transferiga qaratadi

    Sport | 12 iyul, 10:35

    O‘zbekistonda qancha elektromobil borligi ma’lum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 10:25

    Isroil HAMASning 6 ta yuqori martabali dengiz qo‘mondonini yo‘q qilganini e’lon qildi

    Dunyo | 12 iyul, 10:06

    Yaponiyada buvilarni ijaraga olish servisi ommalashmoqda

    Dunyo | 12 iyul, 09:35

    “Mantiqsizlik. Bu futbol uchun qora kun” — “Kristal Pelas” Yevropa Ligasidan chetlatildi

    Sport | 12 iyul, 09:14
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.