Fransiyada ushlangan rossiyalik senator va biznesmen Sulaymon Kerimov qamoqqa olinmaydi, biroq u mamlakatda qolishi va 5 million yevro garov puli to‘lashi lozim. Bu haqda Nitssa prokurori Jan-Mishel Pretr ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
Shuningdek, senatorga haftasiga bir necha bor politsiyaga kelish, pasportni topshirish va ayrim shaxslar bilan aloqa qilmaslik majburiyati yuklandi.
Oldinroq Kerimovga soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash va mablag‘lardan noqonuniy foydalanishda ayblov e’lon qilingandi.
Rossiya TIV Fransiya rasmiylariga nota yubordi. Shuningdek, vaziyatga oydinlik kiritish uchun Fransiyaning mamlakatdagi muvaqqat vakili vazirlikka chaqirildi.
Izoh (0)