Qozog‘istonning Olmaota viloyati, Toldiqo‘rg‘on shahridagi metallar qabul qilish punktida 46 ta o‘quv aviabombasi aniqlandi. Bu haqda Olmaota viloyati politsiyasi matbuot xizmati ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“Uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi tezkor xodimlari tomonidan olingan ma’lumotlar asosida Toldiqo‘rg‘ondagi rangli metallar punktlaridan biri tekshirildi. Temir-tersaklar orasida 46 ta aviatsiya bombasi topildi”, — deyiladi matbuot xizmati xabarida.
Voqea joyiga chaqirilgan sapyorlar topilgan o‘q-dorilar o‘quv maqsadlarida fodalanilishi va uchuvchilar tahsili uchun mo‘ljallanganini aniqladi.
Hodisa yuzasidan jinoiy ish ochildi.
Izoh (0)