Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atamboyev To‘lqinbek Abdigulovni respublika bosh vaziri o‘rinbosari etib tayinladi, deb yozadi “TASS” Qirg‘iziston davlat rahbari matbuot xizmatiga tayanib.
Bungacha Abdigulov bosh vazir birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.
Bir necha kun avval uning lavozimini pasaytirish haqidagi taklifni mamlakat vazirlar mahkamasi rahbari Sapar Isakov milliy parlamentga yo‘naltirgan edi, 22-noyabr kuni deputatlar bosh vazir tashabbusini ma’qulladi.
Qirg‘iziston bosh vaziri birinchi o‘rinbosari lavozimi hozircha bo‘sh bo‘lib qolmoqda.
Izoh (0)