Ilon Maskning Boring Company startapi beybolkalar savdosidan 300 ming dollar daromad ko‘rdi. Bu haqda biznesmen o‘zining Twitter’dagi sahifasida ma’lum qildi.
Uning qo‘shimcha qilishicha, beysbolkalar savdosidan kelgan daromadlar “boshqa yanada zerikarli buyumlar”ni moliyalashtirishga sarflanadi.
Mashable nashrining aniqlik kiritishicha, kompaniyaning bitta kepkasi 20 dollar turadi. Shunga ko‘ra kompaniya 15 ming dona bosh kiyim sotishga muvaffaq bo‘lganini hisoblash mumkin.
Boring Company “Zerikarli kompaniya” deb tarjima qilinadi. Startap avtomagistrallar uchun tuneller qazish bilan shug‘ullanadi, biroq oktabr oyidan boshlab beysbolkalar sotishni boshladi.
Izoh (0)