• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12557.56
    • RUB159.44
    • EUR14809.13
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +30°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Yulduz Usmonova: “Сочная долина” — bizning oilaviy sharbat

    “O‘zbek estradasining primadonnasi”, O‘zbekiston xalq artisti, xonanda, shoira-muallif, prodyuser... Bularning bari – bir insonda jam!  Yulduz Usmonova dunyo bo‘yicha millionlarning sevimli xonandasi. Uning sehrli ovozi ham kuldiradi, ham yig‘latadi, fikrlashga, hamdardlikka chorlaydi. Yaqinda xonanda “Сочная долина” SBning brend elchisi sifatida yangicha rolda o‘zini sinab ko‘rdi, mazkur brendning reklama roligida suratga tushdi. Haqiqatdan ham, xonanda sharbat ichishni yoqtiradimi, qanday taomni u mohirlik bilan tayorlaydi va u nima uchun aynan “Сочная долина”ni tanladi, bularning barchasi bizning eksklyuziv intervyumizda.

    Sizning “Сочная долина” savdo belgisi bilan hamkorligingiz nimadan boshlandi?

    Juda uzoq vaqt meni reklama kampaniyasida ishtirok etishga ko‘ndirishdan boshlandi (kulib). Brend vakillaridan birinchi taklif o‘tgan yilning noyabr oyidayoq tushgan, biroq o‘shanda men qat’i rad javobini bergan edim. Sabab? Faoliyatim davomida men hech qachon reklamada suratga tushmaganman va homiylar bilan birga ishlamaganman, chunki men o‘z nomim va obro‘mni juda qadrlayman. Agar ko‘p millionli ommaga xarid qilish taklif etilayotgan tovar yoki xizmat sifati yomon ekani aniqlansa, birinchi navbatda, barcha ayblovlar media yuzi sifatida mening boshimga yog‘iladi. Mana shuning uchun ham hamkorlik to‘g‘risidagi takliflarga “yo‘q” deb kelganman. Biroq, “Сочная долина” vakillari taslim bo‘lmadilar, buning uchun ular alohida tahsinga loyiqdirlar.

    Muayyan fursat o‘tib, bu qanday brend ekan va qanday mahsulotlar taqdim etilarkan, degan o‘y meni qiziqtirib qoldi.  Men yarim yil davomida sharbat va nektarlarni ichib yurdim, tanishlarimning fikrlari bilan qiziqdim, sharhlarini to‘pladim. Hech bir odam salbiy yoki yomon fikr bildirmadi, aksincha, “shirali” mahsulotning tabiiyligi va yuqori sifatga egaligini maqtadi. Mening o‘zim ham bunga ishonch hosil qildim. Shunday qilib, InterSok kompaniyasi tomonidan navbatdagi qo‘ng‘iroq bo‘lganida, o‘ylanib qoldim: “Nega endi yo‘q?”

    Demak, “Сочная долина” siz hamkorlik qilishga rozilik bergan birinchi savdo belgisi bo‘libdi-da. Sizni bunga undagan hal qiluvchi omil bo‘lib nima xizmat qildi?

    Avval ham aytib o‘tganimdek, eng avvalo, mahsulotning sifatiga o‘zim ishonch hosil qilganim. Agar men biror narsani taklif qiladigan bo‘lsam, tovarga ham, uning ishlab chiqaruvchisiga ham yuz foiz ishonishim kerak. InterSok kompaniyasi mahalliy bozorda o‘zini ijobiy tomonlama ko‘rsata oldi: sifat, xomashyo bo‘yicha tejamkorlikka yo‘l qo‘ymaydi, iste’molchilar sog‘lig‘i ustida qayg‘uradi.  Faqat tabiiy mevalardan foydalanish, zararli konservantlar, bo‘yoqlar va boshqa kimyoviy moddalarning qo‘llanmasligi — buning isbotidir. Agar tarkibida shakar bor deb ko‘rsatilgan bo‘lsa, haqiqatdan ham bu shakar, uning o‘rnini bosuvchi arzon narsa emas. Kompaniya maqsadi — sifatlini arzon qilishdir.

    Meni yana bir narsa diqqatimni tortdi, ya’ni “Сочная долина” sharbat va nektarlarining mahalliy meva, sabzavot va rezavorlardan tayyorlanishi, shuningdek, zavod ham Toshkent yaqinida joylashgan ekan. O‘zbekistonimizning olma, shaftoli va uzumlaridan totliroq hech nima topa olmaysiz: men ularni ertadan kechgacha yeyishga tayyorman (kulib). Bularning barchasi chiroyli qadoqlarda taqdim etilsa va qo‘shimchasiga vitamin, minerallar xazinasiga ega bo‘lsa – hech kim o‘zini tiyib tura olmasa kerak!

    Aytgancha, qadoq haqida. Siz ishtirok etgan reklama kampaniyasida yangi dizayndagi “Сочная долина” nektar va sharbatlari qo‘llanildi.  Bunday o‘zgarishlardan taassurotlaringiz qanday?

    Menga yoqdi. Yangi format mahsulotlotning tabiiyligi va ekologik ekanini yanada ko‘proq tasdiqlaydi.  “GMOsiz” va “O‘zbekiston mevalaridan  tayyorlangan. Foydali va mazali” degan yozuvlar diqqatimni tortdi. Qadoqlarning o‘zi yanada yorqinroq, jozibador bo‘libdi: qo‘llarimiz beixtiyor ular tomon cho‘ziladi. Pachkalarda TetraPak olti qavatli aseptik qadoqning xususiyatlari va afzalliklari haqida ham ma’lumotlar joylashtirilgan. Bunday sehrli qutichadagi ichimlik bir yil davomida saqlanishi mumkin, buzilmaydi ham. Mening fikrimcha, xaridorlarning do‘konda qanday sharbat sotib olsam ekan, deb uzoq boshqotirishlariga endi hojat qolmadi.

    Sizning ishtirokingizdagi reklama kampaniyasi – bu sizning “Сочная долина” savdo belgisi bilan birgalikda tashkillashtirgan konsert turnesini o‘tkazgandan keyingi navbatdagi qadamingiz bo‘lsa kerak...

    Ha, biz Farg‘ona vodiysi va Samarqand, Buxoro, Navoiyda qator konsertlar berdik. Aynan mana shu safarlar vaqtida reklama kampaniyasida qatnashish haqida qat’i qaror qabul qildim. Bularning barchasi esa yana o‘sha telefon qo‘ng‘irog‘idan boshlandi. Bahorda men Toshkentda “Ey, aziz inson” nomli yangi dasturimni taqdim qilish chog‘ida edim, 13 ta konsert rejalashtirilgan edi. “Сочная долина” vakillari biz bilan bog‘lanib, katta miqdordagi chiptalarni buyurtma qildilar. Keyin bu yana va yana takrorlandi. Nega bunchalar ko‘p ekani meni qiziqtirdi. Hattoki, chiptalarni olib-sotish bo‘yicha qora bozormikan, degan xayol ham paydo bo‘ldi (kulib). Ma’lum bo‘lishicha, kompaniya ularni o‘z hamkorlari — savdo nuqtalari sotuvchilari o‘rtasida mutlaq bepul tarqatayotgan, bu orqali mahsulotga qiziqish uyg‘otishni rag‘batlantirayotgan ekan. Men xayolan ushbu savdo belgisi foydasiga yana bir ball qo‘shdim: demak, o‘z mijozlari ustida qayg‘urishyapti, xursand qilishga harakat qilishyapti ekan.

    “Сочная долина” bilan birga tashkillashtirgan konsertlarimizni hanuz bir mamnuniyat bilan eslayman. Stadionlarda anshlag bo‘ldi: Namanganda 25 ming, Buxoro va Farg‘onada – 18 mingdan, Navoiyda 15 ming tomoshabin to‘planishi hazilakammi. Men muxlislarim bilan muloqotdan huzurlandim, shuningdek, meni shunday bir ijobiy his-hayajon chulg‘ab oldiki, hattoki entikib ham ketdim. Insonlar o‘z mehnatlari mahsuli bilan yurakdan bo‘lishishlari mehrimni jo‘shqinlantirdi: kimdir tandirdan endi uzilgan qaynoqqina non uzatsa, kimdir bog‘idan keltirgan gul va mevalarini taqdim etdi. Yana – she’rlar, shu qadar ko‘ngildan yozilgan, yoqimli va samimiyki... Xuddi meni juda sog‘ingan va eng qadrli mehmon kutilgan yerlarga qaytgandek his etdim o‘zimni. Bu aql bovar qilmas tuyg‘udir!

    Mevalar berishganiga sabab, balki ular Siz qanchalar mevalarni yaxshi ko‘rishingizni bilishar. Qiziq, qaysi mevani ko‘proq yaxshi ko‘rasiz?

    Olma, olchani. Gastrollarga borganimda xonamda yangi uzilgan mevalar bo‘lishini so‘rayman. Endi esa bu ro‘yxatga “Сочная долина” savdo belgisining sharbatlarini ham qo‘shib qo‘yaman.  Ayniqsa, olma sharbati yoqadi, sababi uning tarkibida shakar yo‘q, bu esa o‘z sog‘lig‘i ustida qayg‘uradigan odamlar uchun juda muhim. Uni nabiralarimga ham beraman, chunki olmaning bolalar uchun foydasi katta. “Shirali” mahsulotlar qatoridan yuz foiz tabiiy sharbatlarning uch turi o‘rin olgan – olma, uzum va pomidor. Yangiliklar qatorida “kokos-ananas” ta’mi ma’qul bo‘ldi, uni yana “suyuq Baunti” deb ataydilar.

    Aytgandek, savdo belgisi vakillaridan ichimliklar qay tarzda ishlab chiqarilishi, ular uchun xomashyoni qayerdan keltirilishi to‘g‘risida ko‘p marotaba so‘radim. Ma’lum bo‘lishicha, “Сочная долина” nektar va sharbatlari yordamida O‘zbekiston geografiyasini o‘rgansa bo‘lar ekan: anor – Surxondaryodan, olma, shaftoli, o‘rik – Farg‘ona vodiysi va Samarqand viloyatidan, qorag‘at, malina – Toshkent viloyatidan... Yana shuni bildimki, bu yil uzum sharbati yangi, juda ham shirin – “Rizamat” navidan tayyorlanibdi. U o‘zining chiroyli pushti rangi va ajoyib mazasi bilan ajralib turadi. U mashhur o‘zbek sohibkor-bog‘boni Rizamat Musamuhemedov nomi bilan ataladi. Men yerimiz iste’dodlar bilan – va ajobtovur mazali, foydali, o‘zbek quyoshi bilan to‘yingan serhosil mevalarga naqadar boy ekaniga yana bir bor hayratlandim.

    Nabiralaringiz haqida gapirib o‘tdingiz. Yangi reklama roligida siz oilangiz davrasida o‘tirganingiz, oila a’zolaringizni olma sharbati va o‘zingiz pishirgan somsa bilan mehmon qilayotganingiz ko‘rsatilgan. “Сочная долина” – bu siz ishongan va oila a’zolaringiz uchun tanlagan sifatli mahsulot ekanini aytgansiz.

    Rolikdagi barchasi – ayni haqiqat. Haqiqatdan ham, men ovqat pishirishni yaxshi ko‘raman, somsa mening shohona taomim hisoblanadi. “Shirali” ichimliklar esa – bizning barcha oilaviy bayramlarimizning tarkibiy qismi. Bu men batamom ishongan yagona savdo belgisi.

    Yaqinlarim bilan bir stol atrofida to‘planishni juda yaxshi ko‘ramiz, xursand bo‘lamiz, so‘nggi yangiliklarni muhokama qilamiz. Bu eng baxtli lahzalardir, chunki hayotda oiladan ham muhimroq narsa yo‘qku, axir. Oilani kichik bir davlatga qiyoslash mumkin, uning o‘z qoidalari va an’analari bo‘ladi. Agar bu erda tinch va osoyishtalik hukm sursa, inson chinakam baxtlidir. Bizning xalqimiz uchun oilaviy qadriyatlar, qarindoshchilik munosabatlari juda muhim. Reklama rolikida hayotimning aynan mana shu jihatlari tasvirlanganidan xursandman, chunki aynan jonajon uyimda men – yaqinlarini turli shirinliklar bilan xursand qiladigan, oilaviy bayramlar uyushtiradigan oddiy ayolman. Sharbatlar ham ichadigan.

    Yaqinda InterSok kompaniyasi sharbatlar sotib olish va iste’mol qilish odatlariga bag‘ishlangan marketing tadqiqoti o‘tkazdi. Natijalar juda qiziq bo‘ldi. Misol uchun, respondentlarning 70 foizi ichimliklarni oilasi uchun, 49 foizi – bolalar uchun sotib olishar ekan. Ularni asosan, uyda, kechki ovqat, oilaviy bayramlarda ichishar ekan. “Sharbat” so‘zi sizda nima bilan uyg‘unlashadi?

    Menda ham bayramlar, oilaviy o‘tirishlar bilan. Qachonki, bir stol atrofida bir vaqtda biror-bir shodiyonani nishonlash yoki mazali taom bilan zavqlanish maqsadida bir necha avlodlar to‘planganda. Xalqimiz uchun kechki ovqat – bu muqaddasdir (kulib). Shunday ekan, “sharbat” so‘zi eng yoqimli va mazali bilan uyg‘unlashadi.

    InterSok kompaniyasi faoliyati yo‘nalishlaridan biri – yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlash, o‘sib kelayotgan avlod bilan ishlashdan iborat. Siz nima deb o‘ylaysiz, biznesning bunday ijtimoiy mas'uliyati qanchalar muhim ahamiyatga ega?

    Bu juda zarur. Xayr-sahovat, muhtojlarga yordam ko‘rsatish – xalqimizning qon-qoniga singib ketgan. Menimcha: agar imkoniyating bo‘lsa, muhtojlarga albatta yordam ko‘rsatishing kerak.  “Сочная долина” ham shu yo‘ldan bormoqda. Ular kimlarga ham yordam qo‘lini cho‘zmadilar! Sportchilar, yosh shaxmatchilar, imkoniyati cheklangan insonlar, yetimlar, yurak xastaligi bilan tug‘ilgan bolalar... Bu bunday katta ko‘lamlarda yordam ko‘rsatadigan yagona mahalliy kompaniya bo‘lib, nafaqat poytaxtda, balki viloyatlarda ham faol ish olib boradi. Aytgandek, aynan mana shu ham mening ular bilan hamkorlik qilishim sabablaridan biridir. Ezgulik, insonparvarlik atrof-olamni yanada yaxshilaydi, bizni esa poklaydi.

    Siz o‘zingiz ham yosh iste’dodlarni qo‘llab-quvvatlaysizmi?

    Ha. Bunday ko‘maklarsiz o‘zini namoyon qilish juda murakkab, ayniqsa, agar sen poytaxtdan olisdagi kichikroq shaharchada yashasang. Buni o‘z tajribamdan bilaman. Mening katta sahnaga chiqishimga sababchi bo‘lgan narsa, Marg‘ilondagi korporativ tadbirlardan birida menga mashhur raqqosamizning singillari Gavhar Rahimova e’tibor qaratganlar va professional ta’lim olish uchun o‘zlari bilan birga Toshkentga olib ketganlar. Men O‘zbekiston davlat konservatoriyasiga o‘qishga kirib, uni muvaffaqiyatli tugatganman. Qolganlari haqida mening biografiyamdan o‘qib olish mumkin...

    Hamma sirlarimni ochish niyatida emasman, biroq shuni aytamanki, yaqin orada viloyatlardagi yosh iqtidorli bolalarni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan ulkan bir loyihani ishga tushirishni rejalashtirayapman.

    Balki boshqa bir sirni ocharsiz – aql bovar qilmas jozibadorlik va ish qobiliyatingiz sababi nimada?

    Qat’iy kun tartibi, parhez, sport. Faol turmush tarziga amal qilaman, har kuni ikki soat sportzalda shug‘ullanaman. Oqsil va kletchatka tanovul qilaman, uglevodlar – minimum. Joziba ustida to‘xtaladigan bo‘lsak...Hayotni va odamlarni sevish kerak xolos, mana sirim qayerda.

    Yaqin kunlarda muxlislaringiz sizdan qanday yangiliklar kutishmoqda?

    Kelasi yil bahorda Toshkentda bo‘ladigan yangi konsertga tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. Shuningdek, “Сочная долина” bilan birgalikda O‘zbekiston bo‘ylab turneni davom ettirishni rejalashtiryapmiz, bormagan viloyatlarimizga tashrif buyurish niyatidamiz. Ehtimol, konsertimiz bo‘lib o‘tgan viloyatlarimizga yana borishimiz ham mumkin. Aslini olganda, reja va niyatlarimiz bisyor, shunday ekan, sabr qilishni, biroz kutishni va yangiliklardan boxabar bo‘lib turishni maslahat berar edim...

    Muxlislaringizga va “shirali” mahsulot iste’molchilariga bildiradigan niyatlaringiz?

    Mustahkam sog‘liq tilayman, osmonimiz tinch bo‘lsin va mazali, foydali sharbatlarni ichib mazza qilish uchun oilangiz bilan yig‘ilishga bahona bo‘ladigan yoqimli voqea-hodisalar hayotingizda ko‘payaversin. “Сочная долина” savdo belgisi xuddi meniki kabi, hayotingizning ajralmas qismiga aylansin.

    Sayt: http://intersok.uz/news/yulduz_usmonova_uzb/

    Reklama huquqi asosida!

    22.11.2017, 09:39   Izoh (0)   22678
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga tashrifi “O‘zbekiston 24” telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda yoritib boriladi

    22.11.2017, 09:12

    O‘zbekistonda yangilik! Birinchi marta issiqxonalar uchun tejamkor isitish qurilmalari ishlab chiqish yo‘lga qo‘yildi

    22.11.2017, 09:03

    Kun fotosi: Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Janubiy Koreyada

    22.11.2017, 08:51

    Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi bilan Janubiy Koreyaga keldi

    22.11.2017, 08:11

    Shayxontohurlik fuqaroning uyidan bosqinchilik yo‘li bilan 25 ming dollarni olib ketgan shaxslar qo‘lga olindi

    22.11.2017, 06:46

    O‘qishga imtihonsiz kiradigan “armiyachilar”, qo‘lga tushgan uchinchi qochoq bemor, Sayfullo Soipovga munosabat va kunning boshqa muhim xabarlari

    21.11.2017, 20:20
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Smart Business va UZCARD Farg‘ona tadbirkorlari uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda 


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Rossiya Afg‘oniston Islom Amirligini rasman tan oldi

    Dunyo | 3 iyul, 23:51

    Bolalar bilan urush haqida qanday suhbatlashish lozim?

    Dunyo | 3 iyul, 23:35

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning yonidan 250 grammdan ortiq opiy topildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:20

    “Daryo” dayjesti: 3-iyulning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 3 iyul, 23:05

    Samarqand no‘xat sho‘ragi patentlandi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 22:50

    Dermatologdan ogohlantirish: “Ushbu xato SPF kremning foydasini yo‘qqa chiqaradi”

    Go‘zallik | 3 iyul, 22:40

    AQSHda 6 mlrd dollarlik ta’lim dasturlarini moliyalashtirish to‘xtatib qo‘yildi

    Dunyo | 3 iyul, 22:30

    Superliga. “Sho‘rtan” o‘z maydonida “Qizilqum”ga mag‘lub bo‘ldi

    Sport | 3 iyul, 22:26
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.