Londonning “Tottenhem” klubi Yevropa Chempionlar Ligasidagi muvaffaqiyatli yurishini davom ettirib, Dortmundda “Borussiya”ni taslim qildi — 2:1.
Hisob mezbonlar to‘purari Pyer-Emerik Obameyang tomonidan ochilgan bo‘lsa-da, “shporlar” keyinroq o‘z irodasini ko‘rsatib, 2 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Mazkur turdan keyin Harri Keyn turnirdagi gollari sonini 6 taga yetkazib oldi. U to‘purarlar poygasida Krishtianu Ronaldudan keyin ikkinchi bo‘lib turibdi.
“Uembli” stadionida kechgan birinchi o‘yinda ham “Tottenhem” Bundesliga klubini taslim qilgandi — 3:1. O‘tgan turdayoq guruhdan chiqish masalasini ham qilgan londonliklar, endi guruh yetakchisi bo‘lishni uddalay oldi.
Kechagi kunning ikkinchi o‘yinida “Real” Kiprda 6 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi. Uchrashuvda dublga erishgan Krishtianu Ronaldu musobaqaning joriy mavsumidagi gollari sonini 8 taga yetkazib oldi.
Navbatdagi turda “Real” Madridda “Borussiya Dortmund”ni qabul qiladi. “APOEL” esa Londonga tashrif buyuradi. Peter Bosh boshqaruvidagi borussiyaliklar hozir Yevropa Ligasiga ham ilina olmasligi mumkin bo‘lgan ahvolda qolgan.
Yevropa Chempionlar Ligasi “H” guruhi. 5-tur o‘yinlari 21-noyabr, seshanba
Izoh (0)