Gonkong politsiyasi chegaradan 2,6 kilogramm kokainni olib o‘tishga uringan 19 yoshli gretsiyalik modelni qo‘lga oldi. Bu haqda Law and Crime xabar bermoqda, deb yozadi “Korrespondent.net”.
Qiz narkotiklarni ryukzakning yashirin bo‘lmasiga yashirgan. Endi unga umrbod qamoq jazosi tahdid solmoqda.
Gretsiyalik model Gonkong politsiyasi tomonidan oxirgi haftada qo‘lga olingan to‘rtinchi narkotik moddalar kontrabandachisidir. Avvalroq 2,5 kilogramm kokainni olib o‘tayotgan 52 yoshli ayol qo‘lga olingan edi.
Izoh (0)