Iqtisodiyot va tinchlik instituti an’anaviy “Terrorizm global indeksi — 2017” ma’ruzasini taqdim etdi, unda O‘zbekiston terrorizm ta’siri eng kam bo‘lgan mamlakatlar qatoriga kirdi, deb yozadi UzDaily.
Institut hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston reytingda dunyoning 163 mamlakati orasida 125-o‘rinni egalladi. O‘zbekistondagi terrorchilik xavfi darajasi maksimal 10 balldan 0,077 ballni tashkil qildi.
2016-yilga nisbatan, O‘zbekiston indeksdagi o‘rnini yaxshiladi (o‘tgan yilgi natija — 117-o‘rin).
Reytingning birinchi o‘rnida terrorchilikdan eng ko‘p jabr ko‘rgan mamlakat, 130-pog‘onasida esa hujumlarga duch kelmagan davlat joylashishi kerak. Dunyoning 33 ta mamlakati 130-o‘rinni egalladi.
Izoh (0)