21-noyabr kuni Toshkentda havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Bu haqda Respublika Gidrometeorologiya markaziga asoslanib, O‘zA xabar bermoqda.
Sharqdan sekundiga 3—8 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1 daraja sovuq, 1 daraja iliq, kunduzi 16—18 daraja iliq bo‘ladi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 12—17 daraja iliq bo‘ladi.
Xorazm viloyatida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1 daraja sovuq, 4 daraja iliq, kunduzi 12—17 daraja iliq bo‘ladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 1 daraja sovuq, 4 daraja iliq, kunduzi 15—20 daraja iliq, cho‘l hududida kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 10—15 daraja iliq bo‘ladi.
Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2 daraja sovuq, 3 daraja iliq, kunduzi 13—18 daraja iliq bo‘ladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 2—7, kunduzi 16—21 daraja iliq bo‘ladi.
Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 5—10 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 3 daraja sovuq, 2 daraja iliq, kunduzi 12—17 daraja iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo o‘zgarib turadi, yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Sharqdan sekundiga 7—12 metr tezlikda shamol esadi. Kechasi 0—5, tog‘li joylarda 6—8 darajagacha sovuq, kunduzi 3—8 daraja iliq bo‘ladi.
Izoh (0)