Italiyalik astronavt Paolo Nespoli Xalqaro kosmik stansiya bortidan Atlantika okeani ustidagi parvoz qatlamiga yog‘ilayotgan meteorlarni tasvirga oldi. U tasvirlarni o‘zining Twitter’dagi sahifasida e’lon qildi.
Videoga izoh sifatida astronavt ko‘plab meteorlarni kuzatishini, ammo bu safar u yorqin olovli sharlarni tasvirga olishga muvaffaq bo‘lganini yozgan. Bu sharlar soniyasiga 40 kilometr tezlikda harakatlanuvchi meteorlar bo‘lib chiqqan.
Yevropa kosmik agentligi vakillarining fikricha, astronavt o‘lchamlari yarim metrdan kichik bo‘lgan meteorning tushishini kuzatgan. U oddiy meteordan ikki marta tezroq harakatlangan.
Izoh (0)