Kuzgi ma’yuslik hamma tomondan hujum qilmoqda, bu kayfiyatni yaxshilovchi va stressni yengishda yordam beruvchi, to‘g‘ri miqdorda iste’mol qilinganda esa immunitetni oshiruvchi ishonchli vositadan foydalanishning vaqti kelganining belgisidir.

Foto: Weekend Rambler

E’tiboringizga shirinxo‘rlar va to‘g‘ri ovqatlanish ishqibozlarining jonajoni bo‘lgan shokolad haqidagi ba’zi haqiqatlarni havola qilamiz.

1-haqiqat

Shokolad yurak va tomirlarni asraydi, shuning uchun uni ayniqsa, infarkt xavfi yuqori bo‘lgan kishilar hech qachon o‘z oziq-ovqat ratsionlaridan chiqarib tashlamasligi kerak. Sifatli achchiq shokolad iste’mol qilish trombotsitlar holatini normallashtiradi, bu esa xavfli tromblar paydo bo‘lishining oldini oladi.

2-haqiqat

Shokolad kalsiy va fosforga boy, shuning uchun uni katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlaydiganlar va aqliy faoliyat bilan shug‘ullanuvchilar kerakli tartibda iste’mol qilishlari kerak.

3-haqiqat

Shokolad tarkibida mavjud bo‘lgan katta miqdordagi magniy uni muntazam ravishda stressdan aziyat chekuvchilar va asablarini tinchlantirmoqchi bo‘lganlar uchun tengi yo‘q vositaga aylantiradi.

4-haqiqat

Shokolad tomoq og‘riqlarida ham yordam beradi. Shifokorlar odatdagi shimadigan vositalar o‘rniga, shokoladning mayda bo‘lakchalaridan foydalanishni tavsiya qiladi.

5-haqiqat

O‘z go‘zalligini uzaytirishni xohlovchilar ham achchiq shokoladga e’tiborini qaratishi lozim. Bu mo‘jizali mahsulot tabiiy antioksidantlarga juda boy, organizmdagi hujayralarning qarish jarayonini tezlashtiruvchi erkin radikallarga qarshi kurashishda asosiy yordamchi hisoblanadi.

6-haqiqat

Shokolad kayfiyatni yaxshilaydi — bu olimlar tomonidan ham, shirinlikni sevadiganlar tomonidan ham sinab ko‘rilgan. Shirinlik iste’mol qilinganda organizm zo‘r berib baxt gormonlari deb hisoblanuvchi serotonin va endorfin ishlab chiqara boshlaydi. Aynan bu moddalar taranglikni yo‘qotadi va bizga quvonch bag‘ishlaydi.