Rossiyaning Xabarovsk o‘lkasida halokatga uchragan samolyot bo‘laklarining ostidan olti kishining jasadi chiqarib olindi, deb xabar beradi “TASS”.
Omon qolgan to‘rt yoshli bolaga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
“Hodisa joyida qutqaruv guruhi ish olib bormoqda. Olti nafar halok bo‘lgan shaxsning jasadi chiqarib olindi, omon qolgan bolaga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Bugun halok bo‘lgan va jabrlanganlarning oila a’zolariga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatish yuzasidan qaror qabul qilinadi”, — deyiladi xabarda.
Huquq-tartibot organlari ma’lumotlariga ko‘ra, 15-noyabr kuni Xabarovsk-Nelkan yo‘nalishida parvoz qilgan L-410 samolyoti qo‘nayotgan paytda halokatga uchragan.
Izoh (0)