Qirollik kobrasi — eng katta zaharli ilon; ayrim turlarining uzunligi 5,6 metrga qadar yetadi. Ushbu turning nomi lotinchada Ophiophagus bo‘lib, “ilonxo‘r” deb tarjima qilinadi. Tailandning Krabi shahrida o‘nlab odamlarning ko‘z o‘ngida uzunligi 5 metrdan kam bo‘lmagan kobra hamda bir yarim metrli piton o‘rtasida “olishuv” sodir bo‘ldi, deb xabar berdi National Geographic.
Kobradan farqli o‘laroq ushbu sudralib yuruvchi kaltakesak va qushlar bilan oziqlanadi.
Kobra pitonni yengishi uchun uch soat vaqt kerak bo‘ldi, biroq u bilan oziqlanish kobraga nasib qilmadi. Voqea joyiga chaqirilgan ilon tutuvchilar reptiliyani ushlab qafasga soldi va uni shahardan uzoqroqqa, yovvoyi tabiatga qo‘yib yubordi.
Izoh (0)