BMT Saudiya Arabistonni Yamanga gumanitar yordam yetkazish uchun ushbu mamlakat portlarini ochishga chaqirdi. Bu haqda brifing chog‘ida Yaman bo‘yicha gumanitar koordinator Jeymi MakGoldrik bayonot berdi, deb xabar qiladi “RIA Novosti”.
Bir hafta muqaddam Saudiya Arabistoni boshchiligidagi harbiy koalitsiya Yamandagi yer usti, havo va dengiz kirish yo‘llari yopilishini ma’lum qildi. Bundan biroz oldin isyonchi xusiylar Yamandan turib ar-Riyod tomonga raketa otgan edi.
Koalitsiya vakillari bir necha marotaba blokada vaqtinchalik ekanligini aytganiga qaramay, hozircha vaziyat o‘zgargani yo‘q. Bundan tashqari, Saudiya tomoni, blokadaga qaramay, gumanitar yordam olib kirilishi davom etishini bildirganiga qaramay, BMT yetarli darajada ishlar olib borilmayotganini ta’kidlamoqda.
“Adan porti ochilganini eshitdik, ammo bu yetarli emas… Hozircha Saudiya Arabistoni Xudayda porti va Sano aeroportini ochish bo‘yicha ish olib borayotgani haqida bizda hech qanday ma’lumot yo‘q… Biz xalqaro koalitsiyani yordam yetkazish uchun barcha portlarni ochishni so‘raymiz”, — dedi MakGoldrik.
Izoh (0)