Krishtianu Ronalduning to‘rtinchi farzandi dunyoga keldi. Bu haqda uning oʻzi Instagram sahifasida maʼlumot berdi.
Oʻzining soʻnggi 1 yilini Ronaldu bilan oʻtkazayotgan Jorjina Rodriges yangi tugʻilgan qizaloqning onasidir. 32 yoshli futbolchi va Jorjina chaqaloqqa Alana Martina deb ism berishdi.
Bunga qadar Krishtianuning surrogat onalardan 3 nafar farzandi bor edi. Kichik Krishtianu ayni vaqtda 7 yoshda boʻlsa, 2017-yilning iyun oyida yana bir surrogat ona futbolchi uchun egizak farzandlar tugʻib bergandi. Ularga Yeva va Mateo deb ism berildi.
Izoh (0)