13–15-noyabr kunlari Turkmanistonning Ashxobod va Doshovuz shaharlarida O‘zbekiston madaniyati kunlari bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Turkmaniston Vazirlar Mahkamasi qaror qabul qildi, deb xabar beradi 1News.
Rejalashtirilgan tadbirlar ichida Turkmaniston madaniyat vazirligida O‘zbekiston delegatsiyasini qabul qilish, ijodkorlar uchrashuvlari, kino namoyishlari, nafis san’at ko‘rgazmalari hamda san’atkorlar chiqishlari bor.
Ijodiy forumning yopilish marosimi Doshovuzdagi Nurmuhammad Andalib nomli davlat musiqiy-dramatik teatrida bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston ijodiy delegatsiyasi uchun tayyorlangan madaniy dastur doirasida ular turkman xalqining madaniy merosi yodgorliklari hamda mamlakatning diqqatga sazovor joylari bilan tanishtiriladi.
Izoh (0)