• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12653.48
    • RUB159.75
    • EUR14871.64
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Suratlarda qolgan Toshkent. Saqlanib qolmagan qiziqarli inshootlar (fotojamlanma)

    “Kommersant.uz” Toshkentdagi e’tiborga loyiq bo‘lgan, lekin buzib yuborilgan o‘nta inshootdan iborat tarixiy fotojamlanmani taqdim etdi. Poytaxtning tarixiy qiyofasi haqida “Qadimiy Toshkent” arxiv fotosuratlari loyihasi bilan hamkorlikda hikoya qilindi.

    1. Fabrika-oshxona

    Semyon Fridlyand surati, 1934-yil

    Fabrika-oshxona 1934-yilda qurilgan. Keyinroq u Lenin nomidagi radiolampa zavodi (“Foton”) korpuslaridan biriga aylandi. 2013-yilda buzib tashlangan. Uning o‘rnida hozir “O‘zavtosanoat” bosh ofisi joylashgan.

    Fabrika-oshxona – inqilob davri konstruktiv me’morchiligining yorqin namunasi bo‘lib, yosh sovet davlati uslubiyati va mafkurasini o‘zida yaqqol namoyish etardi. Panoramali derazalar, keng, aniq shakl va amaliy, optimal hisoblangan rejalashtirish minimum vaqt ichida maksimal darajada ko‘p ishchilarga xizmat ko‘rsatish imkonini bergan. Fabrika-oshxonalar 1920-yillarda butun mamlakat bo‘ylab qurilgan – kommunizm quruvchilari nazarida, insonlar qimmatli vaqtlari va kuchlarini uyda taom tayyorlashga ishlatmasliklari kerak edi (bu g‘oya yashash joyiga ham ta’sir ko‘rsatgan – aynan shu sababli sovet davri uylarida oshxonalarga shunchalik kam joy ajratilgan). Hayot bu g‘oya safsata ekanligini ko‘rsatdi, lekin binoning o‘zi tariximizdan o‘rin egalladi.

    Foto: Domian Barma, 2009-yil

    2. “Vatan” kinoteatri

    “Vatan” kinoteatri kiraverishidagi qizlar. Maks Penson surati. 1959 yilda “Vatan” kinoteatri, “Zodchestvo Uzbekistana” kitobidan olingan surat.

    1937–1940-yillarda qurilgan “Vatan” kinoteatri (o‘sha paytlarda u “Rodina” deb ham yuritilardi) – Stalin davri me’morchiligining ajoyib namunasi. Oynavand fasadli keng ko‘lamli monumental bino o‘zbek yog‘och o‘ymakorligi naqshlarini esga soluvchi ustunlar bilan bezatilgan. Afsuski, 1966-yilgi zilzilada kinoteatr binosi kuchli zarar yetdi. Uni buzib tashlab, o‘rnida Hamza nomidagi teatr (hozirgi O‘zbek milliy akademik drama teatri) qurishga qaror qilindi.

    3. O‘qituvchilar seminariyasi

    Foto: Stanislav Magay, 2009-yil

    Eng so‘nggi va shu sababli, eng achinarli yo‘qotish – Toshkent o‘qituvchilar seminariyasi qoshidagi chasovnya – kichik cherkov binosi bo‘ldi. Seminariya  1887-yilda Konstantin xiyoboni (hozirgi Amir Temur xiyoboni) yonida barpo etilgan. 1917-yil inqilobidan keyin seminariya O‘lka o‘zbek erkaklar maorif institutiga o‘zgartirildi. Keyinroq bino buzib tashlandi.

    1930-yillarda cherkov yopildi, gumbazlari buzildi, biroq binoning o‘zidan turli maqsadlarda ishlatishda davom etildi. 1990-yillarda u yerda bank ofisi joylashdi. 2009-yil 18–21-noyabrda cherkov binosi butkul buzildi.

    4. Jome masjidi

    Bosh jome masjidi 1451-yilda Shayx Ubaydulloh Xo‘ja Ahror valiy mablag‘lari evaziga bunyod etilgan. Masjid 1868-yildagi zilzilada vayron bo‘lgan, 1882-yilda qayta tiklangan binosi 1966-yilgi zilzilada kuchli zarar ko‘radi va 1997-yilda butunlay buzib tashlanadi. 2003-yilda barpo etilgan yangi jome masjid avvalgisidan mutlaqo o‘zgacha ko‘rinishga ega.

    Maj’am madrasasi

    Eski shahar va masjid

    5. Hammom

    Toshkentdagi milliy hammom 1974-yilda qurilgan Chorsu hammomi – bu sovet me’morlarining zamonaviy me’morchilik va muhandislik yechimlarini o‘zbek tasviriy an’analari va mahalliy hayot turzi bilan uyg‘unlashtirishga urinishlaridan biridir. Mohiyatan an’anaviy sharqona hammom tashqi ko‘rinishidan Bobil zikkuratlarini yodga solardi, lekin ko‘plab noyob zamonaviy yechimlar asosida qurilgandi. 2000-yillarda hammom o‘z o‘rnini yangicha hayotga bo‘shatib berdi – uning o‘rniga ko‘p qavatli avtoqo‘nalg‘a qurildi.

     

    Tashqi ko‘rinish

    Hammom. Tarx

    6. Spaso-Preobrajensk sobori

    Toshkentdagi Spaso-Preobrajensk sobori, shimoli-g‘arbdan ko‘rinishi, 1908-yil.

    Toshkentda inqilobdan oldingi davrda qurilgan pravoslav cherkovlaridan bizning kunlarimizgacha faqat bittasi – Botkin qabristonidagi Aleksandr Nevskiy cherkovi saqlanib qolgan. 1920–30-yillardagi qatag‘on darvida Sergiyev cherkovi, Blagoveshensk ibodatxonasi buzib tashlandi. Toshkentdagi birinchi Iosif-Georgiyev cherkovi qoldiqlari 1990-yilda olib tashlandi.

    Toshkentdagi Rus sobori. Foto: Uilyam Zaxtleben. 1891-yil 22-noyabr

    7. Suv minorasi

    Suv minorasi. Foto: Stanislav Magay. 2015-yil

    XX asr boshlarida temir yo‘l ehtiyojlari uchun me’mor G.M.Svarichevskiy tomonidan qurilgan minora ko‘p yillardan buyon ishlatilmay kelinardi va, aftidan, aynan shu sababli shahar rahbariyati 2017-yil sentabrida uni buzib tashlashga qaror qildi. Holbuki, minoraning jozibali metall konstruksiyasi shahar landshaftining bezagi sifatida saqlab qolishga arzirdi.

    Salor daryosi manzarasi. Orqada – suv minorasi. Otkritka.

    8. Xotin masjidi

    1911-yil. Xotin masjidi. Eski shahar, Toshkent

    Xotin masjidi. Shayxontohur majmuasi ichidagi, Langar hovuzi bo‘yidagi qizil choyxona.

    Xotin masjidi ichki ko‘rinishi

    Ixcham, serbezak Xotin masjidi 1754-yilda qurilgan bo‘lib, 1932-yilda Eski shahardan Shayxontohur majmuasi hududiga ko‘chirib o‘tkazilgan. 1967-yilda kutubxona sifatida ishlatilayotgan masjid buzib tashlandi.

    9. Sovnarkom

    1931-yil, O‘zSSR Sovnarkom binosi. Foto: Semyon Fridlyand

    Sovnarkomning jiddiy, sodda, zohidona ulug‘vor binosi 1931-yilda barpo etilgan. Bino fasadi, postamentlari va tribunasi bilan mavzoleyni yodga soluvchi Lenin haykali va uning qarshisidagi keng maydon – bular bari Moskvadagi Qizil maydonning Toshkentdagi analogi bo‘ldi. Qolaversa, u ham shunday nomlanar va shaharda o‘tadigan barcha namoyishlarni qabul qilardi. 1948-yilda bu yerda Hukumat uyi qurildi. 2003-yilda Senat qad rostladi.

    Kinooperator – ish ustida. Qizil maydon, Toshkent, 1950-55-yillar. Foto: Maks Penson

    10. Oloy bozori

    2015-yil. Oloy bozori. Foto: Stanislav Magay

    Oloy bozori bir necha asrlardan buyon mavjud, lekin mashhur qiya ustunli ochiq, keng pavilyonlar faqat 1970-yillarda paydo bo‘ldi. 2016-yilda pavilyonlarni butunlay buzib tashlashdi. Afsus – zamonaviy temir-beton konstruksiya ostida joylashgan sharqona bozor shaharning eng fotojozibali va yodda qolarli maskanlaridan edi.

    1970-yillar. Oloy bozori. Noma’lum muallif

    07.11.2017, 12:20   Izoh (0)   48962
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Vaqt sinovidan o‘tgan tarmoq: 33-yillik faoliyat, 12 million foydalanuvchi tanlovi va mobil aloqaning yangi arxitekturasi


    OKMKda yangi sulfat kislota sexi qurilmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi


    O‘zbekistonda tibbiy sug‘urta nima uchun zarur: shifokor qarashi va Neo Insurance tajribasi


    Sug‘urta sohasidagi uzoq kutilgan islohotlar: manfaatlar qonun himoyasida 


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

     

    Tavsiya etamiz

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
    Audio Icon

    Andijoncha hotamtoylik: “Dunyo sadolari”ga sarflanayotgan milliardlar va shubhali shartnomalar

    24 iyul, 21:25

    “Rossiya allaqachon katta og‘alik maqomini yo‘qotib bo‘ldi”. Ukraina urushi postsovet hududida nimalarni o‘zgartirdi?

    24 iyul, 15:15

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand va Kamboja o‘rtasidagi to‘qnashuvlar Tramp vositachiligiga qaramay davom etmoqda

    Dunyo | 27 iyul, 17:06

    O‘zbekistonning qaysi hududida ichimlik suvi bilan ta’minlanganlik darajasi eng pastligi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 27 iyul, 16:38

    “Qo‘shni davlatlar bilan aloqalarni mustahkamlash lozim” — Eron prezidenti

    Dunyo | 27 iyul, 15:48

    Levandovski kelajagi borasida gapirdi

    Sport | 27 iyul, 15:25

    Islom Maxachev navbatdagi jangi sanasini e’lon qildi

    Sport | 27 iyul, 15:18

    Buyuk Britaniya G‘azoga gumanitar yordam yuboradi

    Dunyo | 27 iyul, 14:40

    “An-Nassr” Feliksni o‘z safiga qo‘shib olishga yaqin turibdi

    Sport | 27 iyul, 14:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.