AQSh va Kanadaning qo‘shma missiyasi 6–11-noyabr kunlari Rossiya osmonida kuzatuv parvozini amalga oshiradi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Operatsiya Ochiq osmon kelishuvi asosida amalga oshiriladi.
Parvozlarni AQShning OC-135B samolyoti amalga oshiradi. Ma’lumotga qaraganda, u Xabarovsk aerodromiga kelib bo‘lgan.
Rossiyalik mutaxassislar ham samolyot bortida bo‘ladi.
Izoh (0)