Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Telegram’dagi kanalida Kataloniyadagi vaziyat haqida fikr bildirdi. U har qanday mamlakatda barqarorlik hukm surishi tarafdori ekanligini ta’kidlab o‘tdi, deb xabar beradi “Gazeta.ru”.
Qodirov Kataloniyadagi referendumni tinch jarayon bo‘lganini ta’kidladi. Shu bilan birga, u plebissitning qonuniy yoki noqonuniyligi haqida bir nima demadi.
“Madrid bunga nima deb javob berdi? Vazirlarning bir qismi hibsda, Kataloniya yetakchisi Karles Puchdemon va Bryusselda yashiringan vazirlarning boshqa guruhi qidiruvga berildi. Maqtalgan G‘arb demokratiyasi va tinch yo‘l bilan fikr bildirish nima bo‘ldi?” — savol berdi Checheniston rahbari.
Qodirovning so‘zlariga qaraganda, G‘arb dunyoning o‘nlab mamlakatlarida qurolli guruhlarni qo‘llab-quvvatlaganiga ko‘plab misollar keltirish mumkin.
Izoh (0)