Moskvaning Tver sudi muxolif siyosatchi Aleksey Navalniyning mamlakat prezidenti Vladimir Putinga qarshi da’vosini ro‘yxatdan o‘tkazdi. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Sud matbuot kotibi Anastasiya Dzyurkoning so‘zlariga qaraganda, da’vo arizasida Rossiya prezidentining xatti-harakatlari va harakatsizligini noqonuniy deb topish talab qilingan. Da’vo hozircha ko‘rib chiqish uchun qabul qilinmadi.
1-noyabr kuni Navalniy Vladimir Putinni sudga bermoqchi ekanligini ma’lum qilgan edi. Navalniyning so‘zlariga qaraganda, shaharlar hokimiyatlari kelishilgan holda ishlamoqda va Moskvadan ko‘rsatmalar olmoqda.
Siyosatchi oxirgi vaqtlarda shahar hokimiyatlari mitinglarga ruxsat berishni to‘xtatgani bois yig‘ilishlarni xususiy yerlarda yoki binolarda o‘tkazishga qaror qilinganini aytdi.
Izoh (0)