O‘zbekiston Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosining elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi tomonidan bir qator mulklar kimoshdi savdosiga qo‘yildi. Bu haqda “Telegraf.uz” xabar bermoqda.
Jumladan, Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani, Hamid Olimjon maydonidagi 13A-uyda joylashgan do‘kon 431357000 so‘mga baholanib, sotuvga qo‘yildi.
Shuningdek, Andijon shahar Saida Zunnunova ko‘chasidagi 7A-uyda joylashgan to‘yxona ham MIB tomonidan onlayn auksionga qo‘yildi va 2638416000 so‘mga baholandi.
Bundan tashqari, Spark avtomobili 56032696 so‘m, Malibu mashinasi esa 70945600 so‘mga baholanib, onlayn kimoshdi savdosiga qo‘yildi.
Izoh (0)