KXDR ixcham jangovar kallaklar ishlab chiqishni davom ettirmoqda va navbatdagi yadro-raketa sinovlari o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu haqda Janubiy Koreya razvedkasi ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent. net”.
Pxenyan Yonbendagi bosh yadro kompleksida ishlab chiqqan yoqilg‘i sterjenlarini qayta ishlash bo‘yicha ishlarni joriy yil oxirida boshlashi mumkinligi bildirilmoqda.
“Shimol qo‘shimcha yadro sinovlarini o‘tkazadi va ixcham yadro jangovar kallaklarini ishlab chiqishni davom ettiradi”, — ta’kidladi razvedka xizmati.
Pxenyandagi raketalar ishlab chiquvchi obyekt atrofida transport vositalarining faol harakati KXDR fitnalarini qaytadan boshlashi mumkinligidan dalolat berishi ta’kidlanmoqda.
Izoh (0)