Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy saytida kuchli shamol haqida ogohlantirdi.
“O‘zgidromet” ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 2-noyabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida, 3-noyabr kuni Surxondaryo, Qashqadaryo, Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari va Toshkent shahrida shamol tezligi 17—22 m/s (60—80 km/soat) gacha kuchayishi kutiladi, deyiladi xabarda.
Vazirlik fuqarolardan kuchli shamol vaqtida ehtiyot choralarini ko‘rishni so‘rab qoldi.
Izoh (0)