• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12591.71
    • RUB160.18
    • EUR14821.7
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +41°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Energetik ichimlik: quvvat bag‘ishlaydimi yoki “o‘lat”ga yetaklaydimi?

    Qonunchilik hujjatlarining ta’sirini baholash tizimi portalida energetik ichimliklarni reklama qilish va sotish tartibini muvofiqlashtirishga qaratilgan qonun loyihasi muhokama qilinmoqda. Bu haqda “Soliq va bojxona xabarlari”da e’lon qilingan maqolada aytiladi. Ushbu maqolani to‘liq holda keltirib o‘tamiz.

    Foto: “Vzglyad.kg”

    Foto: “Vzglyad.kg”

    Energetik ichimlik?! Nima u, deysizmi? To‘g‘ri, bizning yoshdagilar (odatda, qirqdan oshganlar) balki bu ichimlik nimaligini yaxshi bilmas. Lekin yoshlarimizning aksariyati energetik ichimlik nima ekanligini biladi, ba’zilar esa uni hatto iste’mol qiluvchi odam sifatida ham yaxshi taniydi. Qizig‘i shundaki, portalda joylashtirilgan qonun loyihasi bu ichimlikni aynan 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga sotishni taqiqlashni taklif etmoqda.

    Qonun loyihasining ahamiyati, qanchalik dolzarbligi haqida bilish uchun biz uning ishlab chiquvchilari — Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan uchrashdik. “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zolari Shuhrat To‘xtaboyev va Akmal Umirzoqov loyihani ishlab chiqish bo‘yicha bevosita tashabbus ko‘rsatganlardan.

    — Salqin ichimliklarning shinavandasi bo‘lmaganligim sababli O‘zbekiston bozorida energetik ichimliklarning borligi, ularning foyda-zarari haqida bilmas ekanman. Bu qonun loyihasini ishlab chiqishga nima turtki berdi?

    Sh.To‘xtaboyev:

    — Bizning “Milliy tiklanish” demokratik partiyamizning Saylovoldi platformasida ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi vazifalardan biri sifatida jismonan sog‘lom va barkamol avlodni tarbiyalash uchun yanada qulay shart-sharoitlar yaratish belgilangan bo‘lib, bu borada mana ikki yildan ortiq vaqt mobaynida “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi ustida ish olib borilmoqda. Shundan kelib chiqib, joriy yilning sentabr oyi boshlarida partiyamizning Yoshlar qanoti faollari bilan poytaxtimizning 10 ga yaqin yirik savdo markazlarida hamda ta’lim muassasalarida quvvat beruvchi ichimliklarni iste’mol qilish bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi. O‘rganishlar natijasiga ko‘ra, quvvat beruvchi ichimliklarni tatib ko‘rgan o‘quvchilar soni 60%ni, uni “shunchaki qiziqish uchu”" ichganlar 35%ni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.

    Bu boradagi tadqiqotlar ko‘plab xorijiy davlatlarda ham o‘tkazilganini alohida ta’kidlash kerak. Jumladan, 2014-yilda Avstraliyaning Deakin universitetida tashkil etilgan va tarkibida ko‘p miqdorda kofein moddasi bo‘lgan energetik ichimliklarni iste’mol qilish, uning bolalar va o‘smirlar salomatligiga salbiy ta’siri masalalarini dunyo miqyosida o‘rganishga bag‘ishlangan birinchi xalqaro konferensiya ishtirokchilari bo‘lmish olimlar, sog‘liqni saqlash sohasi vakillari va voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimlar xulosasiga ko‘ra, energetik ichimliklarni doimiy ravishda iste’mol qilish voyaga yetmaganlarda yurak hurujlari, vahima, ko‘rish qobiliyatining susayishi va aqliy nuqsonlar yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi.

    Oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha Yevropa agentligi (EFSA) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, 18-29 yoshdagilarning 70%i energetik ichimliklarni alkogol mahsulotiga qo‘shib ichishi ma’lum bo‘lgan. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, bu usul alkogolning o‘zidan zaharlanishdan ko‘ra xavfliroqdir.

    Avstraliyalik olimlar o‘tkazgan “O‘smirlarning energetik ichimliklarga nisbatan qarashlari, hissiyotlari” nomli tadqiqot natijalaridan bilinadiki, o‘smirlar energetik ichimliklar tarkibida inson salomatligiga xavf soluvchi kofein, guarana va taurin kabi moddalar mavjudligi haqida hech qanday tasavvurga ega emas, shunga qaramasdan, ular tarkibida ko‘p miqdorda kofein bo‘lgan energetik ichimliklarni boshqa turdagi ichimliklardan oson farqlay oladi.

    — Energetik ichimlikning zararlilik darajasi bo‘yicha O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligining xulosalari olinganmi?

    — Albatta, Sog‘liqni saqlash vazirligi xulosasiga ko‘ra, energetik ichimliklarni iste’mol qilish 18 yoshga to‘lmagan va aholining ayrim qatlamlari sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Eng yomoni bu ichimlikni alkogolli ichimlik bilan birgalikda iste’mol qilish achinarli oqibatlarga olib kelishi mumkinligi aniqlangan. Aynan shu tufayli alkogol va/yoki tamaki marketingi singari bu turdagi ichimliklarning reklamasi ham ijtimoiy zarar keltirishi mumkin bo‘lgan reklamadir.

    — Darvoqe, muhokamaga qo‘yilgan hujjat loyihasida “Reklama to‘g‘risida”gi Qonunga ham muayyan o‘zgartirishlar kiritish nazarda tutilgan...

    A.Umirzoqov:

    — Ha, ushbu Qonunni 22-1-modda bilan to‘ldirish taklif qilinmoqda. Maqsad — yoshlar sog‘lig‘iga zararli bo‘lgan ichimliklarning targ‘ibotini cheklash va quvvat beruvchi ichimliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilishning salbiy oqibatlaridan ogohlantirishdir. Buning uchun energetik ichimliklar reklamasi va savdosini davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari binolari, jamoat joylari, sog‘liqni saqlash va ta’lim muassasalari, sport, ijtimoiy va madaniy tadbirlarda audio, vizual va multimedia vositalari, matn, ko‘rgazmali qo‘llanmalar, bannerlardan foydalangan holda amalga oshirish man etiladi. Bundan tashqari, energetik ichimliklarning reklamasida ularni belgilangan me’yordan ortiq iste’mol qilishning zarari, shuningdek iste’mol qilish man etilgan shaxslarning ro‘yxati to‘g‘risidagi ogohlantirish bo‘lishi kerak. Qolaversa, bu ichimlik reklamasida uni iste’mol qilish jarayoni, iste’molchilarning ijtimoiy va sportdagi muvaffaqiyatlarga erishish yoki jismoniy va psixologik holatni yaxshilashda bu jarayonlar muhim ahamiyat kasb etadigandek taassurot uyg‘otishi namoyish etilmasligi kerak.

    Shuningdek, loyihaga ko‘ra energetik ichimlikning nomlanishi, tovar belgisi yoki suratidan foydalangan holda asosan voyaga yetmaganlarga mo‘ljallangan tadbirlarga homiylik qilish hamda shunday shaxslar o‘rtasida energetik ichimlikning nomi, tovar belgisidan foydalanilgan tovarlarni (masalan, futbolkalar, bosh kiyimlar, o‘yinlar va boshqalar) tarqatish taqiqlanadi.

    — Bunday ichimliklar yurtimizga kirib kelishining tartib-qoidalari belgilanganmi o‘zi?

    — Hamma gap shundaki, biz loyiha ustida ishlash jarayonida Davlat soliq qo‘mitasiga soliq masalalari qanday tartibga solinganiga doir, Davlat bojxona qo‘mitasiga energetik ichimliklar qaysi TIF TN kodi bo‘yicha olib kirilayotganiga doir so‘rovlar bilan murojaat qildik. Ma’lum bo‘lishicha, bu ichimliklar alohida tovar sifatida olib kirilishi uchun TIF TN hozirda yo‘q. Bu mahsulotlarning ishlab chiqarilishiga oid texnik reglamenti ham mavjud emas. Uni bizda ko‘proq aholining qaysi qatlami, qancha miqdorda iste’mol qiladi - bu masalalar ham mamlakat darajasida tadqiq qilinmagan.

    Jahonda o‘rganilgan ma’lumotlarning ko‘rsatishicha, “energetik”larni iste’mol qilish bozori yiliga 13-15%ga kengayib bormoqda. Asosiy iste’molchilar 18-35 yoshdagilardir. Rossiyada esa hatto 12 yoshdan boshlab energetik ichimliklarni iste’mol qila boshlashadi.

    Agar bu ichimlikni asosan yoshlar iste’mol qilayotgani hisobga olinsa, bizda uning ehtimoliy iste’molchilari aholining 64%ini (30 yoshgacha bo‘lganlar) tashkil etishi mumkin!

    Dunyoning birorta davlati uning iste’mol qilinishini butkul taqiqlagan emas. Faqatgina yosh toifasiga qarab yoki aholining ayrim qatlamlari uchun energetik ichimliklarni iste’mol qilish yoki ularga sotish taqiqlangan. Sababi Yevropa Ittifoqining bu boradagi nuqtai nazari o‘zgacha. Masalan, Fransiya va Daniya davlatlari energetik ichimliklar iste’mol qilinishini tamomila taqiqlagan bo‘lishiga qaramay, keyinchalik YeI komissiyasi tomonidan bu xatti-harakatlar raqobatni yoki tovarlarning erkin harakatlanishini cheklash sifatida baholangan bo‘lib, ushbu davlatlardan joriy etilgan taqiqlarni bekor qilish so‘ralgan bo‘lsa-da, aholining, ayniqsa yoshlarning salomatligini muhofaza qilish maqsadida YeI komissiyasining bu takliflari hali qabul qilinganicha yo‘q.

    Rossiyada ham bunday ichimliklar federal darajada emas, balki alohida hududlar doirasida cheklangan: Checheniston, Dog‘iston Respublikalarida va Moskva viloyatida muayyan cheklovlar bor. Yoki Germaniya, Fransiya, Daniya, Kolumbiya, Quvayt, Latviya, Litva, Meksika, Norvegiya, Saudiya Arabistoni singari davlatlarda bir tomonlama cheklovlar qo‘yilgan.

    Masalan, Birlashgan Arab Amirliklarida bu ichimlikni iste’mol qilishning minimal yoshi 18 yosh bo‘lgan bo‘lsa, qonunchilikka kiritilgan o‘zgartirishlarga binoan endilikda 20 yosh deb belgilash ustida bahs-munozaralar olib borilmoqda.

    2013-yildagi ma’lumotga ko‘ra, Fransiyada yiliga 60 mln litr energetik ichimlik iste’mol qilinar ekan. Ana shuning uchun hozirda fransuzlar bunday ichimlikning har 1 litri uchun 1 yevrodan soliq belgilashgan.

    — Mazkur ichimlikning zarari dunyo bo‘yicha e’tirof etilgan ekan, nima uchun biz qonunchiligimizda uni qat’iy taqiqlay olmaymiz?

    — Hozirgi bosqichda qonunchilikka kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga binoan avvalo O‘zbekiston Respublikasining “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi Qonunida (30.08.1997-yildagi 483-I-son) energetik ichimlikning ta’rifi belgilab beriladi. Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 164-moddasiga kiritilayotgan qo‘shimchaga asosan energetik ichimliklarni 18 yoshga to‘lmagan shaxslarga realizatsiya qilish fuqarolarga EKIHning 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda, mansabdor shaxslarga esa 7 baravaridan 15 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘lishi taklif qilinmoqda.

    O‘ylaymanki, dastlabki bosqichda qabul qilinajak mana shu qonunchilik talablariga rioya qilinsa ham — ya’ni reklama va savdo qoidalari buzilmasa, qolaversa tadbirkorlarimiz chetdan mahsulot keltirayotganda ijtimoiy mas’uliyatni his qilishsa olam guliston.

    “SBX” muxbiriNodir ALIMOV suhbatlashdi.

    03.11.2017, 09:03   Izoh (0)   48628
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Andijon shahridagi kichik sanoat zonasida 21 ta korxona ish boshladi

    03.11.2017, 07:09

    Toshkent viloyatida bir haftada qidiruvdagi 21 nafar shaxs qo‘lga olindi

    03.11.2017, 05:11

    Soipov uchun o‘lim jazosi so‘ragan Tramp, o‘zbekistonliklarning AQShga kirishiga taqiq qo‘yilishi ehtimoli, internetni tun-u kun kuzatadigan IIV va kunning boshqa

    02.11.2017, 21:37

    Toshkentda “Qushtili” kompaniyasiga tegishli qandolat sexi yonib ketdi (foto, video)

    02.11.2017, 19:01

    Milliy bank “Gazprombank” bilan kredit liniyasi bo‘yicha kelishdi

    02.11.2017, 17:37

    O‘zbekistonga ijtimoiy ahamiyatli dorilarni tender va kvotalarsiz keltirishga ruxsat berildi

    02.11.2017, 17:15
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Fitch Ratings “Biznesni rivojlantirish banki” ATB kredit reytingini oshirdi 


    Kapitalbank investitsiyalari – O‘zbekiston yoshlari kelajagiga sarmoya


    NRG Uzbekistan zamonaviy va keng majmua — Maftun Makon turar joy mavzesini qurish bo‘yicha ulkan loyihani amalga oshirmoqda


    Fitch Kapitalbankning reytingini "Ijobiy" prognoz bilan tasdiqladi


    “AloqaBank” yoshlar bilan ishlashga oid dasturlarni kengaytirmoqda


    Toshkentda Sting brendi homiyligida "Formula-1" filmining premyerasi bo‘lib o‘tdi


    Faqat tekshirilgan foydalanuvchilar: nima uchun to‘lov ilovalari  shaxsni tasdiqlashni so‘raydi


    NRG Uzbekistan 60 gektar maydonda "shahar ichida shahar" keng ko‘lamli turar-joy loyihasini ishga tushirmoqda


    Inflyatsiya va jamg‘armalar: Nega pul o‘z qiymatini yo‘qotadi?


    Qashqadaryo va Buxoroda amalga oshirilgan quyosh energiyasi loyihalariga 1 yil to‘lishi munosabati bilan rasmiy tadbir bo‘lib o‘tdi


    Hududiy elektr tarmoqlari” AJ Fitch Ratings agentligining xalqaro kredit reytingini “BB, barqaror” darajasiga oshirdi


    Yoz osmonning o‘zidayoq boshlanadi: Silk Avia Toshkentdan Issiqko‘lga kunlik aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    Qashqadaryoning Chimyoni – Miraki haqida siz bilmagan faktlar


    HONOR ilhomlantiruvchi AI texnologiyalarga ega HONOR 400 seriyasini taqdim etdi


    “O‘zbekgidroenergo” AJning xalqaro kredit reytingi BB (barqaror) darajasiga ko‘tarildi

     

    Tavsiya etamiz

    Isroil AQSHga hujum qilgan kun: o‘nlab amerikaliklarni o‘ldirish bu anglashilmovchilik edimi yoki fitna?

    2 iyul, 19:45

    NATO tarixi – dunyodagi eng qudratli harbiy tashkilotning obro‘si pasaymoqdami?

    26 iyun, 20:31
    Audio Icon

    Joy hammaga yetardi: Jeyms Kemeronga ko‘ra, “Titanik” yo‘lovchilarining omon qolish imkoniyati bo‘lgan

    25 iyun, 23:50

    “Trampning Titanigi to‘xtaydi” — Eron elchisi

    25 iyun, 13:39
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston bosh vazirining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosarini qabul qildi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 18:41

    “Vatandoshlar” jamoat fondining “Anor” loyihasi uchun xorijdan kelgan o‘zbek farzandlariga bayram konserti tashkil qilindi

    O‘zbekiston | 3 iyul, 18:00

    Taras Bulba, Mo‘jizakor ayol, go‘zal Se Byok va Tanos: “Kalmar o‘yini 3”da ko‘pchilik e’tiboridan chetda qolgan asosiy ishora va detallar

    Kino | 3 iyul, 18:40

    Bayden Yevropa rahbarlari undan siyosatga qaytishini so‘rayotganini ma’lum qildi

    Dunyo | 3 iyul, 18:25

    Yupiter orbitasi ichida yulduzlararo obyekt aniqlandi

    Dunyo | 3 iyul, 18:10

    “Bavariya”ning yoshlar lagerida afg‘onistonlik murabbiy vafot etdi

    Sport | 3 iyul, 18:00

    Ilon Mask 54 yoshda: milliarderga tegishli bo‘lgan qimmatbaho uylarga sayohat (foto)

    Layfstayl | 3 iyul, 17:40
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.