AQShning O‘zbekistondagi elchisi Pamela Spratlen va elchixonaning madaniyat ishlari bo‘yicha xodimi Kirsten Michener, 30-oktabr kuni Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universitetiga tashrif buyurdi. Bu haqda universitet rasmiy sayti xabar bermoqda.
Pamela Spratlen rektor Axmet Reymov bilan chet tillari fakultetidagi Axborot resurs markazining ochilish marosimida ishtirok etdi.
Elchi markazga 231 nomdagi 600 dan ortiq kitoblarni sovg‘a qildi.
AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi tomonidan 2017-yil iyun oyida universitetga talabalar ingliz tilini mukammal o‘rganish uchun bahosi 15,677 ming dollar bo‘lgan ingliz tilidagi kitoblar va 1,218 ming dollarlik televizor va kompyuter jihozlari ajratildi.
Uchrashuv savol-javob va suhbat asosida davom etdi.
Izoh (0)