3–5-noyabr kunlari Toshkent – Samarqand – Toshkent yo‘nalishida qatnayotgan №764/763-sonli Afrosiyob yuqori tezlikda harakatlanuvchi elektropoyezdi qatnovi texnik sabablarga ko‘ra to‘xtatiladi. Bu haqda, “O‘zbekiston temir yo‘llari” axborot xizmatiga asoslanib, Uz24 ma’lum qildi.
Mazkur qatnov kunlariga xarid qilingan chiptalar hech qanday foiz ushlanmasdan temir yo‘l kassalarida qaytarib olinadi, deyiladi xabarda.
Izoh (0)