Erkaklar va ayollar o‘rtasidagi iqtisodiy notenglikni bartaraf etishga 217 yil talab etiladi. Bunday bashorat Butunjahon iqtisodiy forumi tomonidan tayyorlangan “Gender uzilish haqidagi global hisobot”da keltirildi, deb xabar beradi Meduza.
Iqtisodiy tenglik deganda hujjat mualliflari erkaklar va ayollar mehnatiga teng haq to‘lanishini, shuningdek, rahbar lavozimlarda teng vakillikni, ishchi kuchidagi teng ishtirokni nazarda tutadi.
Iqtisodiy tenglikdan tashqari, forum ekspertlari boshqa sohalar, masalan, ta’limda, sog‘liqni saqlashda, siyosiy hayotdagi ishtirokda gender uzilish borligini qayd qilib o‘tdi. Hisob-kitoblar alohida ham bir davlat uchun ham, butun dunyo uchun ham keltirildi.
Izoh (0)