Chempionlar Ligasi guruh bosqichida musobaqaning amaldagi chempioni “Real” dastlabki mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.
La Liganing so‘nggi turini Jironada o‘tkazib, debyutant klubga imkoniyatni boy bergan “Real”, endi Chempionlar Ligasida ham muvaffaqiyatsiz bellashuv o‘tkazdi. Londonda “Tottenhem” mehmoni bo‘lgan “Qirollik klubi”ni yirik mag‘lubiyatdan Krishtianu Ronalduning goli qutqarib qoldi.
Ispaniya va Kataloniya mojarosi vaqtida “Real” Jironada mag‘lub bo‘lib o‘tiribdi. Kim qanday fikrda?
Shu kuni madridliklar safida “Tottenhem”ning sobiq futbolchisi Luka Modrich to‘liq o‘ynadi. Garet Beyl esa maydonga tushirilmadi. “Real” uchun quvonchli faqatgina bitta jihat bor bo‘lib, Krishtianu Ronaldu to‘purarlar bahsida Harri Keyndan o‘zib ketdi.Guruhdagi ikkinchi o‘yinda Dortmundning “Borussiya” klubi navbatdagi bor hol qo‘ydi. Kiprda “APOEL”ni taslim qila olmagan Peter Bosh jamoasi, o‘z maydonida ham bu ishning uddasidan chiqolmadi va pley-off yo‘llanmasini katta xavf ostida qoldirdi. Keyingi ikki tur natijasidan qat’iy nazar “Tottenhem” navbatdagi bosqichga yo‘l oldi.
Yevropa Chempionlar Ligasi “H” guruhi. 4-tur o‘yinlari 1-noyabr, chorshanba
Izoh (0)