O‘zbekiston ichki ishlar vaziri buyrug‘i bilan ro‘yxatdan o‘tkazish davlat raqami belgilari va qat’iy hisobdagi blankalar berish, avtomototransport vositalari, ularning tirkamalari (yarim tirkamalari)ni ro‘yxatdan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish, majburiy texnik ko‘rikdan o‘tkazish, shuningdek, imtihonlarni olishda undiriladigan to‘lovlar stavkalarining ayrimlari o‘zgartirildi va to‘ldirildi. Bu haqda Norma xabar bermoqda.
Transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi, shuningdek, haydovchilik guvohnomalarini olish uchun to‘lov eng kam ish haqining 70 foizi etib belgilandi. Oldin bu summa EKIHning 20 foizini tashkil etardi.
Shuningdek, mazkur hujjatda qo‘shimcha stavkalar ham ko‘rsatib o‘tilgan. Jumladan:
Transport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi vaqtinchalik guvohnomani olish — EKIHning 20 foizi;
Avtomototransport vositasining ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi yaroqsiz holatga kelgan, zararlangan yoki o‘g‘irlangan guvohnomaning dublikatini olish — EKIHning 70 foizi;
Avtomototransport vositasini vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi haqidagi vaqtinchalik guvohnoma dublikatini olish — EKIHning 1 foizi;
Yangi namunadagi yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasi dublikatini berish — EKIHning 1 barobari;
Yo‘qotilgan eski namunadagi haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning taloni o‘rniga yangi namunadagisini olish — EKIHning 1 barobari;
Yaroqsiz holatga kelgan, zararlangan yoki o‘g‘irlangan haydovchilik guvohnomasining dublikatini olish, jumladan, eskisi o‘rniga yangi namunadagi haydovchilik guvohnomasi va (yoki) uning talonini olish — EKIHning 70 foizi;
Yo‘qotilgan haydovchilik guvohnomasi o‘rniga vaqtinchalik ruxsatnomani olish — EKIHning 10 foizi.
Izoh (0)