31-oktabr, seshanba kuni Nyu-Yorkda terakt sodir etgan shaxs ilgari AQSh federal hukumati diqqatini jalb etgan, deb yozadi “TASS” The New York Times’ga tayanib.

Foto: Rambler News

Nashrning uchta manbasi keltirgan ma’lumotlarga ko‘ra, huquq-tartibot organlari o‘zbekistonlik 29 yoshli Sayfullo Soipov haqida Nyu-Yorkdagi teraktga aloqasi bo‘lmagan tekshiruv doirasida axborot to‘plagan. Soipov tergovni birinchi navbatda qiziqtirgan shaxsning qarindoshi yoki tanishi bo‘lgan.

Gazeta eslatishicha, AQSh ichki xavfsizlik vazirligi, FQB va Nyu-York politsiya boshqarmasi ikki yil davom etgan tekshiruv yakunlariga ko‘ra, besh nafar o‘zbekistonlik va bir qozog‘istonlikka nisbatan IShID terrorchilik guruhini moliyaviy qo‘llab-quvvatlaganlik haqida rasmiy ayblov e’lon qilgan edi. Ayblanuvchilarning bir qismi o‘z aybiga iqror bo‘lgan edi. Ammo Soipov o‘sha ish ishtirokchisi bo‘lgan-bo‘lmagani hozircha noaniq.

IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.