Rossiyalik muxolif siyosatchi Aleksey Navalniy mamlakat prezidenti Vladimir Putinni va uning ma’muriyatini sudga bermoqchi. Mamlakatning turli shaharlarida mahalliy ma’muriyat vakillari kelishilgan mitinglar o‘tkazishga ruxsat bermagani bunga sabab bo‘ldi, deb xabar beradi Meduza.
Navalniyning so‘zlariga qaraganda, shaharlar hokimiyatlari kelishilgan holda ishlamoqda va Moskvadan ko‘rsatmalar olmoqda.
“Guvoh amaldorlarni so‘roq qilishni talab qilamiz, bu noqonuniy topshiriqlar shaxsan Putin tomonidan berilganini isbotlaymiz, boshqa hech kim bu ishni qila olmas edi”, — deb yozdi Navalniy o‘z blogida.
Siyosatchi oxirgi vaqtlarda shahar hokimiyatlari mitinglarga ruxsat berishni to‘xtatgani bois yig‘ilishlarni xususiy yerlarda yoki binolarda o‘tkazishga qaror qilinganini aytdi.
Birinchi bunday aksiya 29-oktabr kuni Tambov shahrida bo‘lib o‘tdi — mahalliy biznesmenlardan biri buning uchun savdo markazi hududini taqdim etdi. 4-noyabr kuni Irkutskda mebel markazi hududida miting bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)