Estoniya politsiyasi poytaxt Tallinning markaziy maydonida o‘tkinchilarga pichoq bilan tahdid qilgan erkakni otib tashladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Ma’lum qilinishicha, Vabaduze maydoni tomonga yalangoyoq erkak harakatlangan, u qo‘lidagi pichoq bilan atrofdagilarga tahdid solgani. Bu haqda ma’lumot olgan huquq-tartibot idoralari vakillari yetib kelib, erkakka qurolni yerga tashlashni buyurgan, lekin u politsiyaga bo‘ysunmagan. Politsiyachilar uch marta ogohlantiruvchi o‘q uzgan.Shu payt erkak ular tomonga pichoq bilan yugurib kela boshlagan. Politsiya uni otib tashlashga majbur bo‘lgan.
Erkak shifoxonaga yetkazilgan, ammo yaralari og‘ir bo‘lgani sabab vafot etgan.
Undan boshqa hech kim jabrlanmagan.
Izoh (0)