Iroq Kurdistonida prezidentlik mansabi saqlab qolinadi, saylov esa 2018-yil iyulida, parlament saylovi bilan bir paytda bo‘lib o‘tadi. Bu haqda Kurdiston Demokratik partiyasining Moskvadagi vakili Xoshavi Babakr “RIA Novosti” agentligiga ma’lum qildi.
29-oktabr kuni muxtoriyat qonunchilik majlisida sobiq prezident Mas’ud Barzoniyning murojaati o‘qib eshittirildi. Unda siyosatchi 1-noyabr kuni tugaydigan vakolatini uzaytirmasligini ma’lum qildi.
Barzoniyning prezidentlik vakolati 2013-yili tugagan, shundan so‘ng bu muddat parlament va sud tomonidan ikki marta uzaytirilgan edi.
“Yana prezident saylanadi. Prezident mansabi saqlab qolinadi”, — ma’lum qildi Xoshavi Babakr.
Izoh (0)