Daniyalik kashfiyotchi Peter Madsen jurnalist qiz Kim Vallning tanasini o‘z suv osti kemasida qismlarga bo‘lganini tan oldi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.
Shu bilan birga, kashfiyotchi qotillikni o‘zi sodir etganini tan olmadi va tanani parchalashiga nima sabab bo‘lganini tushuntirmadi.
7-oktabr kuni Daniya politsiyasi plastik paketga solingan bosh va oyoq topdi. Ularning ichiga og‘ir metall parchalari solingan edi, bu bilan tana qismlarini cho‘ktirishi mo‘ljallangan. Qoldiqlar muqaddam g‘oyib bo‘lgan jurnalist qizga tegishli ekanligi aniqlandi.
Izoh (0)