Iroq federal hukumati hamda Kurdiston muxtoriyati rasmiylari chegara punktlari va bahsli hududlardagi boshqaruv masalasini qisman hal etdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Ayni paytda Bag‘dod va Arbil Iroq, Turkiya va Suriya chegaralari tutashgan hududda joylashgan “Fish-Xabur” chegara punktini topshirish masalasini hal qilgan. Bu hududda ikkita quvur birlashib, u orqali Iroqning shimoliy konlardan chiqqan nefti Turkiyaning O‘rta Yer dengizida joylashgan Jayhon terminaliga boradi.
Endi bu nazorat-o‘tkazish punktida Iroq chegarachilari, “Peshmerga”, shuningdek, AQSh harbiy xizmatchilar joylashadi.
Izoh (0)