Somali axborot vaziri Abdurahmon Umar Usmon 28-oktabr kuni poytaxtdagi mehmonxonalardan biriga hujum uyushtirgan terrorchilar ushlanganini ma’lum qildi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
“Xavfsizlik kuchlari Nasa Hablod 2 Hotel mehmonxonasiga hujum uyushtirgan besh terrorchidan uch nafari hibsda ekanligini tasdiqladi. Qolgan ikki nafari xudkush terrorchilar edi”, — deb yozdi u Twitter’dagi sahifasida.
Oldin xabar qilinganidek, Somali poytaxti Mogadishoda yuz bergan ketma-ket ikki portlash oqibatida kamida 10 kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)