Telegram messenjeri oktabr oyida terrorchilik bilan bog‘liq 8,5 mingdan ortiq kanalni blokladi. Bu haqda messenjer asoschisi Pavel Durov o‘zining Telegram’dagi kanali orqali ma’lum qildi, deb xabar beradi “TASS”.
“Faqat oktabr oyining o‘zida biz terrorchilik bilan bog‘liq 8,5 mingdan ortiq kanalni blokladik”, — ma’lum qildi Durov.
Tijoratchi Telegram orqali har qanday shakldagi zo‘ravonlik taqiqlanganini qayta ta’kidlab o‘tdi.
Izoh (0)